Sog‘liqni saqlash vaziri karantin rejimini buzdi 

Sog‘liqni saqlash vaziri karantin rejimini buzdi 

Yangi Zelandiya sog‘liqni saqlash vaziri Devid Klark koronavirus pandemiyasi ortida mamlakatda kiritilgan favqulodda vaziyat rejimini buzdi. U mamlakat aholisiga uylaridan uzoqlashmaslik tavsiya qilinganiga qaramay, uyidan 2,3 km olisda payqalgan.

Vazir jismoniy holatini saqlash uchun uyidan chiqqanini tan olgan. Uning ta’kidlashicha, u bog‘da velosipedda uchmoqchi va shu bilan birga joriy murakkab vaziyatda sog‘lom turmush tarziga amal qilish lozimligini ko‘rsatmoqchi bo‘lgan. 

Shundan so‘ng vazir ushbu qoidabuzarligi uchun o‘z uzrini keltirgan. 

“Kecha men sog‘liqni saqlash vaziri bilan gaplashdim, u uzrini keltirdi”, deb aytgan Yangi Zelandiya bosh vaziri Jasinda Ardern.

Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, odamlar uylaridan sayr qilish uchun chiqishlari, zarurat bo‘lganda uylaridan uncha uzoq bo‘lmagan masofalarga borishlariga ruxsat beriladi. Biroq jarohat olish mumkin bo‘lgan joylarga bormaslik lozim.

Eslatib o‘tamiz, Yangi Zelandiyada 26 martdan favqulodda vaziyat rejimi kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!