Sobiq vazir Trampning maqtovidan keyin gidroksixloroxin sotib olinganini aytdi

Sobiq vazir Trampning maqtovidan keyin gidroksixloroxin sotib olinganini aytdi

O‘zbekiston gidroksixloroxinni AQSh prezidenti Donald Tramp maqtagani uchun sotib olgan. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligining sobiq rahbari, hozirda Toshkent tibbiyoakademiyasi rektori bo‘lgan Alisher Shodmonov XPKning navbatdagi sessiyasida davomida ma’lum qildi.

«Kasallik dastlab aniqlangan paytlarda nafaqat bizda, balki JSSTda ham aniq isbotlangan usul bo‘lmagan. Kasallikka qarshi qanday dori vositasini qo‘llash ma’lum emasdi. Dunyoda samara beradigan dori haqida ilmiy asos yo‘q edi.

Dastlab AQSh prezidenti Tramp gidroksixloroxinni maqtab chiqdi va shu zahoti bu dori vositasini sotib olish masalasi ko‘rila boshlandi. Orqasidan favipiravir o‘rganildi, nafaqat sotib olib, zaxira yaratildi, balki O‘zbekistonda ishlab chiqarish boshlandi.

Keyin bu yo‘nalishdagi eng qimmatbaho dori remdisivir xarid qildik. Reanimasiyalarda og‘ir holatda bo‘lgan bemorlarni shu vositalar orqali saqlab qoldik», dedi  Shodmonov «COVID-19: Koronavirusga qarshi kurashda milliy tajriba» mavzusidagi sessiyada.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!