Sobiq Sovet Ittifoqidan kelgan noqonuniy muhojirlarni AQShdan deportasiya qilish buyurildi

Sobiq Sovet Ittifoqidan kelgan noqonuniy muhojirlarni AQShdan deportasiya qilish buyurildi

AQShning Kaliforniya shtati chegarachilari sobiq SSSRning bir qancha davlatlaridan kelgan noqonuniy muhojirlarni zudlik bilan deportasiya qilish bo‘yicha buyruq oldi. Gap Gruziya, Moldova, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston haqida bormoqda. Bu haqda New York Post gazetasi ichki hujjatga tayanib xabar bermoqda.

Hujjatda aytilishicha, chegarani noqonuniy kesib o‘tgan boshqalar AQShda sud muddati bilan ozod qilinishi mumkin, ammo ular boshpana so‘rab murojaat qila olmaydi. Bu haqda NYP'ga chegara xizmatidagi manba ma’lum qilgan.

Bojxona va chegaralarni himoya qilish xizmati Fox News telekanaliga buyruq faqat San-Diyego sektoriga tegishli ekanligini tasdiqladi, bu hozirda noqonuniy migrasiya uchun eng gavjum hudud hisoblanadi.


Ushbu ko‘rsatmalar AQSh prezidenti Jo Baydenning noqonuniy immigrantlarning shtatlardan boshpana so‘rashini taqiqlovchi farmoni fonida berilgan. Hujjatga ko‘ra, ular o‘z mamlakatlariga tezkorlik bilan deportasiya qilinadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!