Sobiq prezident koronavirusga chalindi

Sobiq prezident koronavirusga chalindi

Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko koronavirusni yuqtirib oldi. Bu haqda uning o‘zi ma’lum qildi.

«COVID-19 bo‘yicha testim musbat chiqdi. Hududlarga safarlarimda tanaffus qilishga majbur bo‘layotganimdan afsusdaman. Oxirgi olti yilda kasalliklarni oyoqda yurib o‘tazayotgandim. Ammo bunisi makkor chiqdi…

Shuning uchun bugundan uyda davolanyapman. Tezda sog‘ayib ketishga umid qilgan holda barcha ukrainaliklarni o‘zlarini ehtiyot qilishga chaqirib qolaman», — deb yozdi Poroshenko «Facebook»dagi sahifasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!