Snoop Dogg strim boshladi, biroq yutqazib qo‘ygani sabab xonadan chiqib ketdi. 200 ming tomoshabin esa 7 soatdan ortiq bo‘sh xonaga termilib o‘tirdi

Snoop Dogg strim boshladi, biroq yutqazib qo‘ygani sabab xonadan chiqib ketdi. 200 ming tomoshabin esa 7 soatdan ortiq bo‘sh xonaga termilib o‘tirdi

Amerikalik reper Snoop Dogg Twitch platformasida strim boshladi. Biroq translyasiyadan 15 daqiqa o‘tib, u Amerika futbolining simulyatorida Madden NFL’ga 14:0 hisobda yutqazib qo‘ydi, deb xabar beradi Esquire.

Jahli chiqqan reper bir necha bor so‘kinib, jyostikni stolga urgan va shundan so‘ng strim o‘tkazilayotgan xonadan chiqib ketgan. Translyasiya izohida bu yerda tomoshabinlar «o‘tirishi, dam olishi va vaybdan zavqlanishi» mumkin deb yozilgan.

Shu bilan birga, Snoop Dogg strimni to‘xtatmagan va keyingi 7,5 soat davomida tomoshabinlar bo‘sh xonaga termilib o‘tirgan. Reperning translyasiyalari odatda 20 mingga yaqin tomosha qilinadi, biroq bu safar uni 200 mingdan ortiq odam kuzatgan. Videoning qisqartirilgan versiyasi qo‘shiqchining kanalida e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!