Sky News: Buyuk Britaniya kompaniyalari Markaziy Osiyo va Kavkaz orqali Rossiyaga harbiy texnika eksport qilyapti

Sky News: Buyuk Britaniya kompaniyalari Markaziy Osiyo va Kavkaz orqali Rossiyaga harbiy texnika eksport qilyapti

Urush boshlanganidan keyin "yuqori ustuvorlikka ega tovarlar"ning Britaniyadan O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Gruziya va Armanistonga eksporti 500 foizdan ko‘proqqa oshgan.

Sky News tahlillariga ko‘ra, ushbu "ikki xil maqsadda foydalansa bo‘ladigan" dronlar va og‘ir texnikalar uchun uskunalar kabilar rasmiy Moskva bilan yaxshi aloqada bo‘lgan mamlakatlar orqali Rossiyaga kirib borayotgan bo‘lishi mumkin.

Ushbu to‘rtta davlatga jo‘natilgan tovarlarning katta qismini samolyot, vertolyot yoki uchuvchisiz uchish apparatlari qismlari, ya’ni dron va boshqa aviasion vositalarni yasashda qo‘llanishi mumkin bo‘lgan jihozlar tashkil qilgan. Mazkur davlatlarga 6 mln funt sterling qiymatidagi tovarlar eksport qilingan, bu odatdagi miqdordan ancha ko‘p.

Iqtisodchisi Robin Bruksning so‘zlariga ko‘ra, boshqa Yevropa davlatlari, ayniqsa Germaniya va Polshadan ham Markaziy Osiyo va Kavkaz davlatlari orqali Rossiyaga katta miqdordagi uskunalar kirib borayotgan bo‘lishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!