Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Joriy yilning 21 avgust kuni, kech soat 20:10da Guliston shahar Do‘stlik qo‘rg‘oni MFY hududidagi 4K652-yo‘lning 1-kilometrida VAZ-21011 "Jiguli" rusumli, davlat raqami 20D 908DA bo‘lgan, Guliston tumani Beshbuloq MFYda yashovchi 1986-yilda tug‘ilgan R.A. boshqaruvida bo‘lgan yengil avtomobilda yong‘in sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Guliston shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limidan 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilib, yong‘in qisqa fursatda bartaraf etilgan.

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida avtomobilning mator va salon qismi yongan. Hodisa oqibatida insonlarning tan jarohati olishi va halok bo‘lish holatlari kuzatilmagan. Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Sirdaryoda «Jiguli» yonib ketdi (foto)

Shu o‘rinda, viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi haydovchilardan avtomobillarini doimiy ravishda texnik ko‘rikdan o‘tkazishlarini va e’tiborli bo‘lishlarini so‘rab qoladi.

Sirdaryo viloyati FVB Axborot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!