Sirdaryoda janjal: maktab o‘quvchisi nega pichoqlandi?

Sirdaryoda janjal: maktab o‘quvchisi nega pichoqlandi?

2019 yil 27 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil 19 avgust kuni Paxtakor MFYda yashovchi 27 yoshli B.E. Paxtakor MFY hududida o‘zaro janjal oqibatida Zarafshon ko‘chasida yashovchi 25-sonli o‘rta maktabning 11-sinf o‘quvchisi, 17 yoshli N.A.ni pichoq bilan jarohatlagan.

Natijada N.A. kasalxonaga yotqizilgan. Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, B.E. ushlangan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasiga ko‘ra, Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!