Sirdaryoda bank xodimlari paxtaga chiqarilgani rostmi?

Sirdaryoda bank xodimlari paxtaga chiqarilgani rostmi?

Internet tarmoqlarida paxta yig‘im-terimi mavsumi boshlanishi munosabati bilan bank xodimlari, xususan, Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanidagi “Xalq banki”, “Hamkorbank” va “Savdogarbank” bo‘limlari xodimlari paxta terimiga jalb qilinganligi, paxta dalasiga chiqishni istamaganlarga esa o‘z o‘rniga odam yollash buyurilganligi to‘g‘risidagi xabarlar e’lon qilindi.

Yuqoridagi xabarlarga muvofiq, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatidagi yuqorida qayd etilgan banklarda o‘rganish o‘tkazildi.

Natijada, “Savdogarbank” aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyatida filial mavjud emasligi, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidagi “Xalq banki” va “Hamkorbank” ATBlarning bo‘limlarida bank xodimlari hech qanday paxta yig‘im-terimiga jalb qilinmaganligi, xodimlar tomonidan o‘z o‘rniga odam yollash buyurilmaganligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati “Xalq banki” va “Hamkorbank” ATBlar bo‘limlari bank xodimlarining har biridan yozma tushuntirishlar olindi hamda internet tarmog‘ida e’lon qilingan xabarlar o‘z tasdig‘ini topmadi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!