Zelenskiy Vyacheslav Boguslayevga nisbatan 10 yil muddatga shaxsiy sanksiyalar qo‘lladi

Zelenskiy Vyacheslav Boguslayevga nisbatan 10 yil muddatga shaxsiy sanksiyalar qo‘lladi

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiyaning 33 fuqarosi va 225 kompaniyasiga nisbatan sanksiyalar kiritdi.

Shuningdek, Ukrainaning bir qancha fuqarolariga, jumladan, avvalroq hamkorlikda gumonlanib hibsga olingan "Motor Sich"ning sobiq prezidenti Vyacheslav Boguslayevga nisbatan 10 yil muddatga shaxsiy sanksiyalar qo‘llanilgan.

Shaxsiy sanksiyalar aktivlarni blokirovka qilishni, Ukrainadan kapitalni olib chiqishni taqiqlashni, iqtisodiy va moliyaviy majburiyatlarni bajarishni to‘xtatishni, texnologiyalar va huquqlarni intellektual mulk ob’ektlariga o‘tkazishni taqiqlashni nazarda tutadi.

Ro‘yxatdagi kompaniyalarning aksariyatiga nisbatan sanksiyalar ham 10 yil muddatga qo‘llaniladi. Ular, jumladan, aktivlarni blokirovka qilish, savdo operasiyalari va Ukraina orqali tranzitni to‘xtatish, kapitalni mamlakatdan olib chiqishni taqiqlash va uning hududidagi ob’ektlarni xususiylashtirishni o‘z ichiga oladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!