Shols Karlsonning Putin bilan suhbatini tomosha qildi va uni «bema’ni» deb atadi.

Shols Karlsonning Putin bilan suhbatini tomosha qildi va uni «bema’ni» deb atadi.

Germaniya kansleri Olaf Shols AQShga tashrifi chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jurnalist Taker Karlson bilan suhbatini ko‘rib chiqqanini aytdi. Nemis siyosatchisi intervyuni «bema’ni» deb atadi va G‘arb Ukrainaga harbiy yordamni davom ettirishi kerakligini aytdi.


Bu haqda Shols Amerika prezidenti Jo Bayden bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

«Putin bergan bu bema’ni intervyuni ko‘rganimizda, u har doim bu urush tarixi haqida ko‘p yolg‘on gapirayotganini angladik», dedi Shols Rossiya prezidentini «imperializmda» ayblab.

"G‘arb davlatlari Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi kerak", deydi kansler.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!