Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qildi

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini xarid qildi

Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasi hamda Xitoyning tashxis qo‘yadigan uskunalari, jumladan, termograflarini xarid qildi. Bu haqda RIA Novosti Yaponiyaning “Asahi” gazetasiga tayangan holda xabar qilmoqda.

Xarid qilingan vaksina dozasi haqidagi ma’lumot ochiqlamagan, lekin manba gazetaga Shimoliy Koreya davlat idoralari va tuzilmalari xodimlarini emlash boshlanganini bildirgan.

Nashrning yozishicha, Kim Chen In vaksinaning xavfsizligiga ishonch hosil qilmagunicha, undan foydalanmaydi.

Xitoydan xarid qilingan termograflar KXDR va Xitoy o‘rtasidagi chegarada ikki mamlakat o‘rtasida iqtisodiy faoliyatni qayta tiklash maqsadida o‘rnatilgan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyada hozirga qadar COVID-19 aniqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!