SHHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yangi tahdidlarga qarshi kurashish borasida tajriba almashdi

SHHTga a’zo davlatlar Bosh prokurorlari yangi tahdidlarga qarshi kurashish borasida tajriba almashdi

Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokurori M.Asanaliyevning taklifiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev Qirg‘izistonga amaliy tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston prokuratura organlari delegasiyasi Shanxay hamkorlik tashkilotiga (SHHT) a’zo davlatlar Bosh prokurorlarining 22-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda raqamlashtirish davrida prokuratura organlari faoliyatiga doir masalalar muhokama qilinib, yangi tahdidlarga qarshi kurashish borasida tajriba almashildi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori mavzu bo‘yicha ma’ruza qildi.

Yig‘ilishda Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston prokuratura organlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Bosh prokurorlar tomonlarning SHHT doirasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga intilishini tasdiqlovchi yig‘ilish bayonnomasini imzoladi.

***

Qirg‘iz Respublikasiga tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi delegasiyasi Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) Bosh prokurorlari kengashining 3-yig‘ilishida ishtirok etdi.

Yig‘ilishda Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar bosh prokuraturalari o‘rtasida zamonaviy global tahdidlarga samarali ta’sir ko‘rsatish choralari muhokama qilindi.

Tadbirda, shuningdek, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkiya Bosh prokurorlari hamda Turkiy davlatlar tashkiloti kotibiyati rahbariyati ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida tomonlar TDTga a’zo davlatlar prokuratura organlari o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Uyushgan transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni mustahkamlash muhimligi qayd etildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar TDT Bosh prokurorlari kengashi 3-yig‘ilishining Deklarasiyasini imzoladi.

***

O‘zbekiston Bosh prokurori N.Yo‘ldoshev va Qirg‘iziston Bosh prokurori M.Asanaliyev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida tomonlar ikki davlat huquqni muhofaza qilish organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Qirg‘iz Respublikasi Bosh prokuraturasi o‘rtasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Hamkorlik dasturi imzolandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!