Sherzod Kudbiyev xodimlaridan birini juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaganini tan oldi

Sherzod Kudbiyev xodimlaridan birini juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlaganini tan oldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevning xodimlaridan birini juda qo‘pol so‘zlar bilan haqoratlagani aks etgan audio tarqaldi.  Rais mazkur holat yuzasidan izoh berib o‘tdi.

«Men rahbar shaxs og‘ir vaziyatlarda ham vazminlik bilan harakat qilishi lozimligi to‘g‘risidagi fikrimda qat’iy turaman va yuqoridagi holatda o‘zim shu fikrga qarshi harakat qilganimni tan olaman». Yuzaga kelgan vaziyatda mas’uliyatni his qilgan holda, men yuqoridagi xodim bilan alohida suhbatlashdim va biz birgalikda yoqimsiz hodisaga to‘liq barham berdik. Lekin bu meni mas’uliyatdan forig‘ qilmaydi.

«Hech kimga sir emaski, soliq tizimida islohotlar boshlangan, shu bilan birga juda ko‘p muammolar yig‘ilib qolgan. Afsus bilan aytish kerakki, haligacha ayrim holatlarda tadbirkorlarga nisbatan “sog‘in sigir” sifatida qarab, ularning hisobidan o‘z xizmat vazifalarini, eng yomoni – ayrim hollarda esa shaxsiy manfaatlarini ko‘zlayotgan shaxslar uchrab turibdi.

Yuqoridagi videoda aynan shunday holatlar muhokama qilingan edi. Birinchi holatda – tadbirkorga ortiqcha to‘langan QQS summasi o‘z vaqtida qaytarilmagan, ikkinchi holatda – asossiz ravishda xisob raqami band qilinib undagi mablag‘lar undirilmoqchi bo‘lgan», dedi Kudbiyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!