Shavkat Mirziyoyev: "Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti"

Shavkat Mirziyoyev: "Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 28 may kuni iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash va iste’molchilar huquqini himoya qilish borasidagi ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi.

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston bozor iqtisodiyotiga qat’iy o‘tishi jarayonida raqobat masalasi prinsipial ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.

➖ Meni tashvishlantiradigan masala shuki, korxonalarimiz tashqi raqobatga bardosh bera oladimi? Chetdan tovar kirib kelsa, yurtimizda ishlab chiqarilgan xuddi shunday mahsulot unga raqobatchi bo‘la oladimi? Mahalliy mahsulotlarning tannarxini pasaytirsak, xorijdan o‘zlari olib ketishadi, – dedi Prezident.

 Bugungi kunda 31 ta tovarlar guruhi va 82 turdagi xizmatlar bozorida 245 ta korxona monopol holatda saqlanib qolmoqda. Lekin bir qator yo‘nalishlarda raqobat muhiti shakllanib bo‘lgan 19 xil mahsulot va xizmatlar bo‘yicha 70 ta korxonani monopolistlar reestrdan chiqarish mumkin.

➖ Raqobat bo‘lmasa, sifat bo‘lmaydi, narx tushmaydi. Zamon o‘zgaryapti, lekin monopol korxonalar o‘zgara olmayapti. Qat’iy choralar ko‘rish vaqti-soati keldi. Iqtisodiyotda bu hayot-mamotimiz. Agar rahbarlar shunga munosib bo‘lsa, ishlaydi, bo‘lmasa – ketadi, – dedi Prezident.

 Yig‘ilishda korxonalarning bozordagi monopol mavqeini aniqlash bo‘yicha yondashuvlarni qayta ko‘rib chiqish, monopol tovarlar ro‘yxatini keskin qisqartirishga qaratilgan “yo‘l xaritasi” tasdiqlash vazifasi belgilandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!