Shavkat Mirziyoyev nomiga Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi

Shavkat Mirziyoyev nomiga  Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovdan maktub keldi.

Maktubda O‘zbekistonda o‘zbek va turkman xalqlari o‘rtasidagi birodarlik va do‘stlik poydevorini yaratishga ulkan hissa qo‘shgan buyuk turkman shoiri va mutafakkiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida qabul qilingan qaror uchun davlatimiz rahbariga chuqur minnatdorlik bildirilgan.

O‘zbekistonda Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyi keng nishonlanishi xalqlarimiz va davlatlarimiz o‘rtasidagi birodarlik rishtalarining buzilmasligi, tarixiy taqdirlari mushtarakligi, yakdilligimiz va hamisha birga bo‘lishga tayyorligimizning navbatdagi tasdig‘i bo‘lishiga ishonch bildirilgan.

Gurbanguli Berdimuhamedov O‘zbekiston Prezidentiga mustahkam sog‘liq, farovonlik, faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik va ravnaq tilaklarini izhor etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!