Shavkat Mirziyoyev «Krokus Siti Xoll»dagi terakt xalqaro vaziyatga kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytdi

Shavkat Mirziyoyev «Krokus Siti Xoll»dagi terakt xalqaro vaziyatga kuchli ta’sir ko‘rsatganini aytdi

Prezident jahon mojarolarining iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirini qanday kamaytirish haqida ham gapirdi, deb xabar beradi «Podrobno.uz» muxbiri.

Davlatimiz rahbari xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqida biz og‘ir va tahlikali zamonda yashayotganimizni ta’kidladi.

«Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar hal etilmadi, xalqaro vaziyat esa Moskva viloyatidagi dahshatli terrorchilik harakati tufayli jiddiylashdi», — dedi Mirziyoyev.

Prezidentimiz bunday sharoitda O‘zbekiston uchun eng muhim vazifalardan biri iqtisodiyot va aholi daromadlariga salbiy ta’sirni kamaytirish ekanini alohida ta’kidladi. Buning uchun mahallalarning iqtisodiy bazasini mustahkamlash, aholi daromadlarini oshirish uchun mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanish zarur.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!