Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15 iyun kuni Samarqand shahrida amaliy tashrif bilan mamlakatda bo‘lib turgan “BMT Turizm” (Butunjahon turizm tashkiloti) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMTning mazkur ixtisoslashgan instituti o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish muhokama qilingan. Samarqandda 2023 yil oktyabrda bo‘lib o‘tgan tashkilotning 25-sessiyasida erishilgan kelishuvlarni va ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish jarayoni ko‘rib chiqilgan.

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

BMT Bosh assambleyasi tomonidan O‘zbekiston tashabbusi bilan 2027 yilni Xalqaro barqaror va yashovchan turizm yili deb e’lon qilish to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilingani yuksak baholangan. Tashkilot zamonaviy turizm infratuzilmasini rivojlantirish va yurtimizga sayyohat qilishni ommalashtirish bo‘yicha O‘zbekistonning strategik hamkoriga aylangani mamnuniyat bilan ta’kidlangan.

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar va ob’ektlarni barpo etish, ziyorat va madaniy-ma’rifiy turizmni, jumladan ichki turizmni rivojlantirishga qaratilgan dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni davom ettirish muhimligi aytilgan.

Samarqandda faoliyat yuritayotgan Xalqaro turizm akademiyasi imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda mehmondo‘stlik va servis sohasida malakali kadrlar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Shavkat Mirziyoyev “BMT Turizm” bosh kotibi bilan uchrashuv o‘tkazdi

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekistonga turizm yo‘nalishini ommalashtirish maqsadida mahalliy turoperatorlarning yirik xalqaro turizm yarmarkalari va ko‘rgazmalarida ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlash borasidagi amaliy hamkorlik kengaytiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!