"Sharmanda bo‘lasan": Chiroqchida behayo videolar ortidan pul ishlamoqchi bo‘lganlar aniqlandi

"Sharmanda bo‘lasan": Chiroqchida behayo videolar ortidan pul ishlamoqchi bo‘lganlar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chiroqchi tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.YU. va S.A.lar oldindan til biriktirib, fuqaro G‘.ning N. ismli ayol bilan ishqiy munosabatlari aks etgan videotasvirlarni internet tarmoqlarida tarqatib, ularni sharmanda qilish bilan qo‘rqitib, evaziga talab qilgan 1 000 AQSh dollaridan 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.  

Mazkur holat yuzasidan B.YU. va S.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!