Shakarning birjadagi narxi yana arzonladi

Shakarning birjadagi narxi yana arzonladi

Bugun, 2022 yil 15 iyunda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining ertalabki savdo sessiyasida o‘tkazilgan birja savdo natijalariga ko‘ra shakarning narxi avvalgi kunga nisbatan yana 123,8 so‘mga pasayib, mahsulotning bir tonnasi uchun 10 631,1 ming so‘mni tashkil qildi (https://telegra.ph/Birzhevaya-cena-sahara-snova-snizilas-06-15).

Ushbu savdolarda shakar bo‘yicha shakllangan minimal narx mahsulotning bir tonnasi uchun 9 700 ming so‘m atrofida qayd etildi.

2022 yil 10-15 iyun savdo kunlarida shakarning barcha kategoriyasi bo‘yicha shakllangan o‘rtacha kunlik narxi mahsulotning bir tonnasi uchun jami 14 554,5 ming so‘mdan 10 631,1 ming so‘mgacha, ya’ni 27% ga pasaygan.

Ta’kidlash lozimki, 15 iyunda birjaning kechki savdo sessiyasida sotuvchi korxonalar tomonidan 1 000 tonna qo‘shimcha shakar hajmi birja savdolariga qo‘yilishi kutilmoqda.m


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Bildirilgan fikrlar (7 )

    Бозордаям тушдими
    Фозил
    Олганлар армонда колдику
    Мухтар
    Олдин канчадан эди бу шакар
    Ойбек
    Икки кун олдин дўконда 22000 сўмдан олувдик, энди дўконларда қолган шакарлар касод бўларканда.
    Avto usta
    Shuni tushirgan odanga shakarsan-shakar degim keldi
    Фаррухбек
    Охир 7 Минг су́м ади шунчам буломи 25 минга чикди
    Uzbek
    Buni hammasini tepada utirganlar soqqa qilish uchun qildi pulni zichlab oldi lekin