Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovg‘ani qabul qilib oldi

Shahzoda Kremlda Filipp Kirkorovdan maxsus sovg‘ani qabul qilib oldi

Ommabop musiqa sohasida o‘tkaziladigan BraVo Xalqaro professional musiqiy mukofot tanlovida ishtirok etayotgan o‘zbekistonlik xonanda Shahzoda Filipp Kirkorovning shaxsan o‘zidan maxsus yutuqni qabul qilib oldi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri voqea joyidan.

Rossiya estradasi qiroli musiqiy tanlov jo‘g‘rofiyasi kengaygani munosabati bilan, taklif etilgan maxsus mehmon sifatida o‘zbek xonandasiga esdalik haykalchani taqdim etdi.

Siz O‘zbekistonning buyuk xonandasisiz , dedi Kirkorov, Shahzodaga mukofotni topshirar ekan.

Shahzoda o‘z navbatida tanlov tashabbuskorlariga minnatdorlik bildirdi va bunday e’tibordan g‘oyatda ta’sirlanganini aytdi. Artist barcha mehmonlarni 21 mart kuni turkiy xalqlar tomonidan keng nishonlanadigan Navro‘z bayrami bilan muborakbod etdi.

Kreml saroyida o‘tkazilgan tantanali kechada Rossiya estradasi yulduzlari, shuningdek chet ellik afsonalar - amerikalik xonanda Maykl Bolton, Buyuk Britaniyadan Leon Lyuis va irlandiyalik rok-musiqachi Kris de Burg chiqish qilishdi.

BraVo tanlovi doirasida musifiy eskpertlar Yil xonandasi , Yil musiqiy videosi va Yil taronasi kabi turli nominasiyalarda g‘oliblarni aniqlaydilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!