Serbiya prezidenti Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Serbiya prezidenti Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya TIVga Kosovo bilan bog‘liq vaziyatda ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga Kosovodagi vaziyat keskinlashuvida ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirmoqda.

Qayd etilishicha, Vuchich dushanba kuni kechqurun Bosh shtabga tashrif buyurgan va Kosovodagi keskinlashuv sabab Serbiya armiyasi qo‘mondonligi bilan suhbatlashgan.

“Men ayniqsa Rossiya Federasiyasi Tashqi ishlar vazirligiga nima bo‘layotganini aniq tushungani va juda to‘g‘ri munosabatda bo‘lgani uchun rahmat aytmoqchiman”, - deya ta’kidlagan u.

Shuningdek, Serbiya prezidenti Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Jozep Borrel va Yevropa Ittifoqining boshqa vakillariga “to‘g‘ri munosabat” uchun minnatdorlik bildirgan.

Avvalroq, Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Prishtinani provokasiyalarni bas qilishga hamda Kosovodagi serblar huquqlarini hurmat qilishga chaqirgandi.

6 iyul kuni Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Yevroparlament rezolyusiyalari va chaqiriqlariga qaramay Belgrad o‘zini o‘zi e’lon qilgan Kosovo Respublikasi bilan o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolashdan bosh tortganini ma’lum qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!