Senator Mirabror Usmonov vafot etdi

Senator Mirabror Usmonov vafot etdi

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston futbol federasiyasi (ayni vaqtda assosiasiya maqomida) sobiq rahbari, senator Mirabror Usmonov vafot etdi. Bu haqda Daryo ga Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbasi ma’lum qildi.

Mirabror Usmonov 12 mart kuni o‘pka va nafas yo‘llari bilan bog‘liq kasallik sabab Milliy olimpiya qo‘mitasi klinikasining ( Ezgu niyat ) reanimasiya bo‘limiga yotqizilgandi.

Marhumning janozasi bugun soat 12:00 da Yunusobod tumanidagi Minor masjidida o‘qiladi.

Ma’lumot uchun, Mirabror Usmonov 2006 yildan 2017 yilgacha O‘zbekiston futbol federasiyasi prezidenti lavozimida ishlagan. 2013 yildan 2017 yilgacha Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbari sifatida ham faoliyat yuritgan. 2005 yildan esa Oliy Majlis senatori sifatida ishlab kelayotgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!