Saudiya Arabistonida Haj qilmoqchi bo‘lgan 300 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Sababi ma’lum

Saudiya Arabistonida Haj qilmoqchi bo‘lgan 300 mingdan ortiq odam hibsga olindi. Sababi ma’lum

Saudiya Arabistoni rasmiylari Hajda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tmagan 300 mingdan ortiq odamni hibsga oldi, deb xabar bermoqda Aljazeera.

So‘nggi kunlarda qo‘lga olinganlar orasida ziyorat vizasi o‘rniga turistik vizalar bilan Haj ziyoratiga borishga uringan 157 mingga yaqin xorijlik bor.

Haj xavfsizligi qo‘mitasi rahbari Muhammad ibn Abdulloh Al-Basamiy haj qoidalari va ko‘rsatmalariga rioya qilmagan 140 nafar ziyoratchilar guruhi va 64 transport tashkiloti hibsga olinganini ma’lum qildi.

Saudiya Arabistoni rasmiylariga ko‘ra, 8 iyundan buyon mamlakatga ro‘yxatdan o‘tgan 1,3 milliondan ortiq ziyoratchi Hajda qatnashish uchun kelgan.

Saudiya Arabistoni rasmiylari har yili noqonuniy ravishda Haj ziyoratini ado etishga uringan shaxslarni hibsga oladi. O‘tgan yili 17 mingdan ortiq odam ruxsatsiz hajga borishga uringani uchun hibsga olingan edi.

Avvalroq mamlakat hukumati xorij fuqarolari va rezidentlarini 2024 yilgi Hajda noqonuniy ishtirok etganlik uchun qattiq jazolanishidan ogohlantirgan edi. Bayonotga ko‘ra, ziyorat qilish uchun ruxsatnomasi bo‘lmagan shaxslar 2 oydan 6 oygacha qamoq jazosiga va 50 ming Saudiya rioligacha (13,3 ming dollardan ortiq) jarimaga tortilishi mumkin.

Bu borada qo‘lga olingan xorijliklar ham deportasiya qilinadi va 10 yilga mamlakatga kirishi taqiqlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!