Saudiya Arabistoni kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishining birinchi bosqichini boshladi

Saudiya Arabistoni kompaniyasi Sirdaryoda IES qurilishining birinchi bosqichini boshladi

Loyihaga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Saudiya Arabistoni ACWA Power kompaniyasi Sirdaryo viloyatida issiqlik elektr stansiyasi qurish investisiya dasturi doirasida O‘zbekistondagi amaliy ishlarning birinchi bosqichini amalga oshirishga kirishdi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, kompaniya tuproqni o‘rganish ishlari boshlangan. Yangi issiqlik elektr stansiyasi Sirdaryo IES yaqinida barpo etiladi va zamonaviy bug‘-gaz qurilmalari bilan (BGQ) jihozlanishi tufayli uning samaradorligi amaldagidan 1,7 barobar yuqori bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, yangi IESda umumiy quvvati 1250-1500 MVtga teng bo‘ladi. Sirdaryo IES energobloklaridan deyarli ikki barobar samarali bo‘lgan H/J toifasiga mansub ikkita bug‘-gaz qurilmasi o‘rnatiladi. Bu shuni anglatadiki, yangi qurilmalar tabiiy gazning shartli miqdori hisobidan ikki barobar ko‘p elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Sarmoyador samaradorligi 60 foizdan yuqori bo‘gan, yiliga 10,0 milliard kVt/s elektr energiya ishlab chiqarish imkoniga ega bo‘lgan qurilmalarning eng oxirgi modellaridan foydalanadi.

Yangi IES qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy investisiyalar hisobidan to‘liq amalga oshiriladi va ishlab chiqarilgan elektr energiyasi uzoq muddatli shartnoma asosida sotiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ACWA Power O‘zbekistonda quvvati 1300-1500 MVt bo‘lgan bug‘-gaz turbinali hamda quvvati 500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyalarini qurishi xabar qilingan edi.

Manba: sputniknews-uz.com


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!