Sariosiyoda otasiga tegishli mashinani boshqargan 22 yoshli yigit YTHga uchrab halok bo‘ldi

Sariosiyoda otasiga tegishli mashinani boshqargan 22 yoshli yigit YTHga uchrab halok bo‘ldi

2021 yil 13 mart kuni tungi vaqtda Sariosiyo tumani Niloba mahallasi hududidan o‘tuvchi M-41 avtomobil yo‘lining 1 456-kilometrida YTX yuz berdi. Aniqlanishicha, avtoavariyani Sariosiyo tumani Turmushobod mahallasida yashovchi 22 yoshli yigit sodir etgan.

Yigit otasining LADA Granta mashinasida  kelayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Yo‘lning o‘ng chetidagi ariqdan o‘tib ketib, daraxtga urilgan. Haydovchi voqea joyida halok bo‘lgan.

Aniqlanishicha, halokatga mashinaning katta tezlikda boshqarilgani va yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!