“Saodatga yetaklovchi hikmatlar” 1-kitobi sotuvga chiqarildi

“Saodatga yetaklovchi hikmatlar” 1-kitobi sotuvga chiqarildi

Ma’lumingizki, islom.uz portali qoshidagi www.arabic.uz saytimizning Hikmatlar bo‘limida hamda Facebook va Telegram ijtimoiy tarmoqlarining arabic.uz kanallarida arab tilidagi hikmatlarni o‘zbek tiliga o‘girib, berib bormoqdamiz.

Ushbu hikmatlar 222 taga yetganida bir kitob shakliga keltirib, Hikmatlar saodatga yetaklar nomi ostida saytimizning kutubxonasiga PDF formatida, android tizimining Play Market magazinida va App Store dasturida ham berib borar edik. Alhamdulillah mana endi hikmatlarni jamlangan kitobni Saodatga yetaklovchi hikmatlar , nomi ostida kitob shaklida chop qilib, sotuvga chiqardik.

Hikmat mo‘minning yo‘qotgan molidir. Qayerda topsa, uni oladi , deyiladi hadisi sharifda. Ushbu kitobdagi turli mavzudagi hikmatlar, rivoyatlar, duo, zikr va salovotlar, cizni qiynayotgan qaysidir savolga javob, dardingizga malham, hayotingizga yorug‘lik baxsh etishiga sizni saodat sari boshlashiga umidvormiz.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!