Sanna Marin: "Finlyandiya tez orada Rossiya tabiiy gazi va neftidan voz kechishga tayyor"

Sanna Marin: "Finlyandiya tez orada Rossiya tabiiy gazi va neftidan voz kechishga tayyor"

Finlyandiya bosh vaziri mamlakat bir necha oy ichida Rossiya energetika resurslaridan voz kechishi mumkinligini aytdi.

Sanna Marin, Suomi radiosining Bosh vazirga savol soati doirasida Finlyandiya tez orada Rossiya tabiiy gazi va neftidan voz kechishga tayyorligini aytdi.

“Biz Finlyandiya uchun yillar emas, haftalar yoki oylar haqida gapiryapmiz. Biroq, ehtimol, boshqa mamlakatlar Rossiya yoqilg‘isidan bunchalik tez voz kecholmaydi. Shunday ekan, biz umumevropa yechimlarini izlashimiz kerak”.

Marinning so‘zlariga ko‘ra, gap birgalikda moliyalashtirish haqida emas, balki boshqa mamlakatlarga muqobil energiya manbalarini topishga yordam berish haqida ketmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!