Sankt-Peterburgdagi NTV binosiga "Molotov kokteyli"ni tashlashdi

Sankt-Peterburgdagi NTV binosiga "Molotov kokteyli"ni tashlashdi

Sankt-Peterburgda joylshagan NTV muharririyati binosiga noma’lum kishilar benzin solingan shisha idishni tashlashdi, deya, xuquq tartibot idoralaridagi manbalariga tayangan holda xabar beradi TASS.

Voqea 10 noyabr kuni soat Moskva vaqti bilan 03:00 atrofida sodir bo‘lgan. Tezkor xizmatlarni voqeaga guvoh bo‘lganlar chaqirishgan.

Manbaga ko‘ra, binoning old eshigi oldida “Molotov kokteyli” tashlangan, lekin shisha idish otilib chiqib, mashinalar to‘xtash joyidagi avtomobilga tekkan. Avtomobil yonib ketgan.

Ayni paytda huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlari voqea yuzasidan tekshiruv olib borishmoqda

Manba: ufq.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!