Sankt-Peterburgda otib ketilgan 41 yoshli o‘zbekistonlik erkak kasalxonada vafot etdi

Sankt-Peterburgda otib ketilgan 41 yoshli o‘zbekistonlik erkak kasalxonada vafot etdi


Sankt-Peterburgda o‘zbekistonlik haydovchi otib ketilganligi haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, komaga tushgan jabrlanuvchini hayotga qaytarish uchun choralar ko‘rilganiga qaramasdan, erkak kecha, 22 fevral kuni shifoxonada jon bergan.

Tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, vafot etgan 42 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Viktor Patrushev ism-sharfli advokatning haydovchisi bo‘lib ishlab yurgan. Taxminlarga ko‘ra, noma’lum qotil uni haydovchini advokat deb o‘ylagan. Chunki advokat firibgarlikka aloqasi borligi aytilmoqda. Ammo bu hali shunchaki taxmin.

Hozirda «inson hayotiga suiqasd qilish» jinoyati bilan shaxsi aniqlanmagan qotil qidirilmoqda.

Ma’lumot uchun, hodisa 20 fevral kuni Sankt-Peterburg ko‘chalaridan birida sodir bo‘lgan edi. O‘shanda qotil haydovchining boshiga to‘pponcha bilan o‘q uzgan. Vafot etgan o‘zbekistonlik 2 kunlik komadan so‘ng hushiga kelmasdan, vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!