Samara viloyatida ham migrantlarga bir qator taqiqlar qo‘yildi

Samara viloyatida ham migrantlarga bir qator taqiqlar qo‘yildi

Samara viloyatida migrantlarga kiosklar va bozorlarda chakana savdoda ishlash, umumiy ovqatlanish, shuningdek binolarni ijaraga berish taqiqlandi, deyiladi viloyat hukumati saytida.

Viloyat gubernatori vazifasini bajaruvchi Vyacheslav Fedorishchev viloyatdagi savdo bilan shug‘ullanuvchi barcha korxonalarga uch oy muddatda patent asosida ishlayotgan barcha muhojirlarni ishdan bo‘shatishni buyurdi.

« Idel.Realii»ning aniqlik kiritishicha, gubernator vazifasini bajaruvchining farmoni xorijliklarning oziq-ovqat, ichimliklar va tamaki mahsulotlari, to‘qimachilik, kiyim-kechak, poyabzal va boshqa tovarlar chakana savdosida ishlashini taqiqlaydi. Shuningdek, migrantlarga sut va non mahsulotlari, bolalar uchun oziq-ovqat, ichimlik suvi ishlab chiqarish, umumiy ovqatlanish korxonalari va oziq-ovqat yetkazib berish, alkogolli ichimliklar va etil spirti, tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar, tuxum va sut mahsulotlarining ulgurji va chakana savdosi bilan shug‘ullanishi ham taqiqlandi.

Bundan tashqari, ularga ma’lumotlarni qayta ishlash faoliyati bilan shug‘ullanish, ma’lumotlar bazalarini yaratish, ma’lumotlarni joylashtirish, uy-joy, kvartira va xonalarni qisqa muddatli ijaraga berishga ruxsat berilmaydi.

Mahalliy hokimiyatlarning ta’kidlashicha, cheklovlar «fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mehnat bozorini himoya qilish uchun» kiritilmoqda.

Ushbu cheklovlar mavjud cheklovlarni to‘ldiradi. Joriy yilning fevral oyida avvalgi gubernator Dmitriy Azarov muhojirlarga taksi, jamoat transporti, ta’lim va rekruting agentliklarida patent bo‘yicha ishlashni taqiqlab qo‘ygan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!