Rossiyaning "Gazprombank" banki O‘zbekistondagi neft va gaz loyihalaridagi ishtirokini kengaytirishga tayyorligini bildirdi

Rossiyaning "Gazprombank" banki O‘zbekistondagi neft va gaz loyihalaridagi ishtirokini kengaytirishga tayyorligini bildirdi

Bank kreditlari "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshirilayotgan strategik investisiya tashabbuslarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Sharnoma doirasida Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasida sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi, unda jumladan, Gazprombankning 120 million dollarlik qarz mablag‘lari ishtirok etadi.

Ushbu bank mamlakat neft-gaz kompleksiga 1,1 milliard dollar sarmoya kiritgan, shuningdek, "O‘zbekneftgaz"ga Xitoy va Koreya moliya tuzilmalari bilan muzokaralar olib borishda yordam bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!