Rossiyaning dollardan voz kechishi natijasida ko‘rgan zarari bir necha milliard dollarga baholandi

Rossiyaning dollardan voz kechishi natijasida ko‘rgan zarari bir necha milliard dollarga baholandi

Rossiya AQSh dollarini yevro, yuan va oltinga almashtirishga qaror qilganidan so‘ng o‘z valyuta zaxirasidan 7,7 milliard dollar yo‘qotdi. Bu haqda Bloomberg ma’lum qildi.

Yo‘qotishlar joriy yilning mart oyi holatiga hisoblab chiqilgan, undan keyingi statistik ma’lumotlar e’lon qilinmagan.

Rossiya Markaziy banki 2018 yilning bahoridan boshlab dollarda zaxira to‘plashdan voz kechishni boshlagan. Bu ish Rossiyaning yirik biznesiga nisbatan joriy qilingan sanksiyalar va yangi cheklovlar xatari sababli amalga oshirilgan.

Agar zaxiralar tarkibi avvalgi darajasida saqlanib qolganida, 2019 yilning mart oyiga kelib, ularning miqdori 3,8 foizga o‘sgan bo‘lar edi. Zaxiralar haqidagi ma’lumotlar yarim yildan keyin e’lon qilingani sababli, bu siyosat ayni paytda qanday holatga olib kelganini baholashning imkoni yo‘q.

Dollardan xalos bo‘lishni boshlashdan avval aynan mazkur valyuta zaxiralar tarkibida ustunlik qilgan. Ayni paytda Rossiya eng yirik miqdorda yuanda zaxiraga ega mamlakatga aylandi — butun dunyodagi yuan zaxiralarining 70 foizi Rossiyaga tegishli.

Evro va yuanning qadrsizlanishi oqibatida yuzaga kelgan qisman yo‘qotishlar oltin hisobidan to‘ldirilgan. Bugungi kunda Rossiya zaxiralarida oltinning ulushi 2000 yildan buyon eng yuqori miqdorga yetgan.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston eng ko‘p oltin saqlovchi davlatlar ro‘yxatida 17-o‘rinni egalladi. Butunjahon oltin kengashi (World Gold Council) hisobotida mamlakat 325,7 tonna oltin saqlashi ma’lum qilinadi. Bu respublikada mavjud umumiy zaxiraning 56,2 foizini tashkil etadi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!