Rossiyalik alpinist Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Aksu cho‘qqisida vafot etdi

Rossiyalik alpinist Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Aksu cho‘qqisida vafot etdi

Rossiyalik alpinist Yevgeniy Glazunov Qirg‘izistonning Botken viloyatidagi Aksu cho‘qqisida vafot etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, alpinist ko‘tarilishni 12 fevral kuni boshlagan. U bilan oxirgi marta 16 fevral kuni bog aloqa qilingan. Qidiruv ishlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan olib borildi, uch nafar alpinist yordam uchun Rossiyadan kelgan. Qidiruv ishlariga noqulay ob-havo to‘sqinlik qilgani xabar qilingan.


«O‘limning taxminiy sababi toshning qulashi edi», dedi uning alpinist sherigi Kirill Povetkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotni tasdiqladi. Alpinistning jasadi 300 metr balandlikdan topilgan.

Malumot o‘rnida, Aksu cho‘qqisining balandligi 5355 metr. Bu qoyali cho‘qqi, u SSSRning asosiy «superdevorlaridan» biri deb nomlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!