Rossiyaga migrantlarni olib kirish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Rossiyaga migrantlarni olib kirish bilan shug‘ullangan guruh qo‘lga olindi

Rossiya Federasiyasi hududiga chet el fuqarolarini noqonuniy olib kirish bilan shug‘ullangan guruh Bryansk viloyatida qo‘lga olindi.

Jinoiy guruh Rossiyada ishlash maqsadida bo‘lgan har bir fuqaroga 350 AQSh dollari evaziga "xizmat" ko‘rsatgan.

Ushbu holat yuzasidan RF JKning 210-moddasi (Jinoiy tashkilot tuzish yoki unda ishtirok etish) va 322-moddasi (RF davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va chet el fuqarolarini esa deportasiya qilish ko‘zda tutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!