Rossiyadagi «The Moscow Times» gazetasi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi

Rossiyadagi «The Moscow Times» gazetasi «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qilindi

Rossiya Bosh prokuraturasi The Moscow Times gazetasini «nomaqbul tashkilot» deb e’lon qildi, deyiladi departament saytida.

Bosh prokuratura bayonotida aytilishicha, Niderlandiyada ro‘yxatdan o‘tgan nashrning faoliyati «Rossiya Federasiyasi rahbariyatining tashqi va ichki siyosatdagi qarorlarini obro‘sizlantirishga qaratilgan».

Agentlikning ta’kidlashicha, The Moscow Times Rossiyada ilgari «nomaqbul» deb hisoblangan boshqa tashkilotlar - «Meduza Project», «The Insider» va «Radio Free Europe/Radio Liberty» bilan «doimiy ravishda o‘zaro hamkorlik qiladi».

Rossiyadagi The Moscow Times saytiga kirish avvalroq Roskomnadzor tomonidan bloklangan edi.

Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan beri Rossiya Bosh prokuraturasi muntazam ravishda rus tilida ma’lumot chop etadigan turli mustaqil ommaviy axborot vositalarini «nomaqbul» deb e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!