Rossiyada sun’iy go‘sht sotuvga chiqariladi

Rossiyada sun’iy go‘sht sotuvga chiqariladi

Rossiyaning «BioFoodLab» kompaniyasi sun’iy go‘sht ishlab chiqara boshladi.

Mazkur mahsulotning dastlabki partiyasi «Bite» brendi ostida, oktyabrning oxiridan boshlab mamlakat poytaxtidagi yirik savdo markazlari va restoranlarga tarqatiladi.

Bu haqda kompaniya vakillari «Ins» nashriga ma’lumot bergan.

Kompaniya o‘zi o‘tkazgan tadqiqot natijalarini e’lon qilgan, unga ko‘ra, aksariyat iste’molchilar, ya’ni 600 ishtirokchining 80 foizi «Bite» kotletlarini haqiqiy go‘shtdan ajrata olmagan.

Tahlilchilar sun’iy go‘shtning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan o‘simlik oqsili tez hazm bo‘lishini va yog‘lilik darajasi 42 foizga kam bo‘lishini aytmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!