Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga yordam ko‘rsatildi

Rossiyada murakkab vaziyatda qolgan o‘zbekistonliklarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi axborot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, Qozondagi “ENKA Inshaat ve Sanayi A.SH.”, Chelyabinskdagi “Agropark Ural”, Rostov-Dondagi “Kachevnik” korxonalarida ishlayotgan o‘zbekistonliklar va ularning ish beruvchisi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Chelyabinskdagi Savdo-sanoat palatasida hududdagi 14 ta tashkilot vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda 2017 yilda Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida tashkiliy tarzda fuqarolarni ishga jalb etishga doir imzolangan hukumatlararo kelishuv va Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 sentyabrdagi 725-sonli qarori talablari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, Sankt-Peterburg, Tula, Perm, Volgograd va Voronejda murakkab vaziyatda qolgan fuqarolarga moddiy va huquqiy yordam ko‘rsatilib, pasportlari olib berildi. Tulada qiyin ahvolda qolgan va Moskvada og‘ir tan jarohati olgan yurtdoshlar Moskva—Toshkent, Moskva—Samarqand aviareyslari orqali vatanga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!