“Rossiyada ishlayman. Karantin sabab patent olishda ham biror yengillik bormi?”

“Rossiyada ishlayman. Karantin sabab patent olishda ham biror yengillik bormi?”

Bugun AOKA shtabida Tashqi ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Avazbek Xadjimetov ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi.

Brifingda fuqarolar, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan ko‘tarilgan savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

- Rossiyada ham karantin joriy qilingani uchun ishimiz vaqtincha to‘xtadi. Lekin patent uchun to‘lov qilishimiz kerak. Bu bo‘yicha biror yengillik qilishning iloji bormi?

- Rossiya hududida vaqtincha bo‘lish muddati uzaytirildi, yangi patent rasmiylashtirish tartibi yengillashtirildi.

Rossiyada koronavirus infeksiyasining keng tarqalishini oldini olish maqsadida 30 aprelgacha barcha tashkilotlarning faoliyati to‘xtatildi. Natijada Rossiyadagi hamyurtlarimiz vaqtincha ISHSIZ QOLMOQDA va bu holat ularning daromadlariga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya tomoniga mehnat patenti bo‘yicha to‘lovlar muhlatini ishlanmaydigan davr tugab, mehnat bozori tiklangunicha KECHIKTIRISH, shu vaqt mobaynida mehnat muhojirlarini ma’muriy javobgarlikka tortmaslikni so‘rab RASMIY NOTA YUBORDI.

Hozirda mazkur masala Rossiya Federasiyasining vakolatli organdlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!