Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi qisqardi

Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi qisqardi

2023 yilning 11 oyida Rossiya va Turkiya o‘rtasidagi savdo aylanmasi deyarli 20 foizga qisqarib, 48,5 milliard dollarni tashkil qildi. 2022 yilda tovar ayirboshlash 65 milliard dollarni tashkil etib, rekord darajaga yetdi.

Rossiya Federasiyasining Istanbuldagi bosh konsuli Andrey Buravovning RIA Novosti agentligiga ma’lum qilishicha, savdo hajmi qisqarganiga qaramay, savdo ko‘rsatkichlari hamon ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish uchun yuqori salohiyatni ko‘rsatmoqda.

Avvalroq turk manbalari Rossiya Turkiyaga tovar va xizmatlar yetkazib berish bo‘yicha birinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Erdo‘g‘an va Putin bir paytlar yillik savdo aylanmasini 100 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!