Rossiya va Turkiya munosabatlari sovuqlashyapti. Nega?

Rossiya va Turkiya munosabatlari sovuqlashyapti. Nega?

Moskva va Anqara munosabatlari yana yangi inqiroz yoqasida turibdi: buning belgisi sifatida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Turkiyaga va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on "manzili"ga qarata aytgan achchiq gaplarini keltirish mumkin. Iyun oyida Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Anqarani Kiyevga harbiy yordam bergani uchun qoraladi va Erdo‘g‘on boshchiligidagi hukumat G‘arb moliya institutlari bilan ko‘proq "osh-qatiq" bo‘layotganidan noroziligini ifodaladi.

Saylovlar, sanksiyalar va qurollar

Moskva Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Turkiya prezidentligi kursisini qayta egallaganidan so‘ng Kremlning xayrixohligiga javoban o‘ziga nisbatan do‘stona qadamlar tashlashidan umidvor edi. Biroq iqtisodiy muammolar Turkiyani AQSh va Yevropa Ittifoqi(EI) bilan yaqinlashishga undayapti. Bu haqda Amerikaning “Karnegi” ilmiy-tadqiqot markazi ekspertlari ma’lum qildi.

Moskva va Anqara munosabatlari yana yangi inqiroz yoqasida turibdi: buning belgisi sifatida Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Turkiyaga va shaxsan prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘on "manzili"ga qarata aytgan achchiq gaplarini keltirish mumkin. Iyun oyida Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi doirasida Anqarani Kiyevga harbiy yordam bergani uchun qoraladi va Erdo‘g‘on boshchiligidagi hukumat G‘arb moliya institutlari bilan ko‘proq "osh-qatiq" bo‘layotganidan noroziligini ifodaladi.

Anqara rasmiylari bu tanqidni chetlab o‘tishdi, biroq Putinning o‘zining eng yaqin sheriklaridan biriga nisbatan ritorikasini kuchaytirishga nima undagani, jumladan, Rossiyadan Turkiyaga tabiiy gaz va bug‘doy yetkazib berishni to‘xtatish haqidagi tahdidlari ko‘pchilikning e’tiborini tortdi. Agar bunga Putinning qoldirilgan Turkiyaga safari, o‘zaro savdo hajmining qisqarishi va Anqaraning AQSh bilan qurol-yarog‘ yetkazib berish masalalarida yaqinlashayotganini qo‘shsak, ikki davlat munosabatlarining sovuqlashayotganini sezish qiyinmas.

Nimadir noto‘g‘ri bajarildi

Tahlilchilarning fikricha, 2023 yil may oyida Turkiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik va parlament saylovlari oldidan Kreml Erdo‘g‘onga, shuningdek, uning "Adolat va taraqqiyot" partiyasiga pul tikkan. Moskva Anqaraga "Akkuyu" AES qurilishi uchun 20 milliard dollar ajratdi, shuningdek, turklarning 2022 yilda yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun to‘lovlarini kechiktirishiga rozi bo‘ldi.

O‘shanda Rossiya rahbariyati Erdo‘g‘on qayta saylanganidan keyin bunga javoban do‘stona qadamlar tashlashiga umid qilgani aniq. Biroq Anqara mamlakatdagi og‘ir iqtisodiy vaziyat fonida AQSh va YEI bilan yaqinlashishga qaror qildi. Erdo‘g‘on tez-tez Bryusselni YEIga kirish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga chaqira boshladi. Shuningdek, yanvar oyining oxirida Anqara Shvesiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini bloklashni to‘xtatdi, shundan so‘ng Qo‘shma Shtatlar modernizasiya qilingan F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha taqiqlarini bekor qildi.

Shunday qilib, Anqara nihoyat F-16 ga muqobil sifatida Moskvadan Su-35 va Su-57 qiruvchi samolyotlarini sotib olish g‘oyasidan voz kechdi. Bundan tashqari, Anqara va Vashington Turkiya tomoni Rossiyaning S-400 zenit-raketa komplekslaridan voz kechishi sharti bilan turklarning F-35 qiruvchi samolyotlari dasturiga qaytishi bo‘yicha muzokaralarni faollashtirdi.

Erdo‘g‘onning Vashingtonga tashrifidan yangi siljish kelishuvlari kutilgan edi. Dastlab u 9 mayga belgilangan edi, biroq noma’lum sabablarga ko‘ra so‘nggi daqiqada noma’lum muddatga qoldirildi. Turkiya Tashqi ishlar vazirligi tashrifga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “yuqori darajadagi muloqot” davom etishi haqidagi soddalashtirilgan formuladan foydalandi.

Erdo‘g‘onning AQShga safari haqidagi muhokamalar Putinning Turkiyaga kutilayotgan tashrifi haqidagi xabarlar bilan bir vaqtda paydo bo‘ldi. Tashrif dastlab fevral oyiga, keyin esa Rossiya Federasiyasidagi prezidentlik saylovlaridan (15-17 mart) yoki Turkiyadagi munisipal saylovlardan keyingi davrga (31 mart) rejalashtirilgan edi. Ammo hali ham aniq vaqt tayinlanmadi.

Ukraina masalasidagi ziddiyatlar

Anqaraning Ukrainadagi urush bo‘yicha pozisiyasi Kremlni g‘azablantiruvchi eng muhim omil bo‘lib qolmoqda.

“Biz Ukrainaning mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan olamiz va shu asosda mojaro barham topishini istaymiz”, – deyiladi Turkiya Tashqi ishlar vazirligining Ukrainada urush boshlanganining ikki yilligi munosabati bilan bergan bayonotida.

Bu formula Kremlning didiga mos kelmasligi aniq. Moskva Anqaraning bunga o‘xshash munosabatlariga e’tibor bermasa-da, ammo Kiyevga qurol-yarog‘ yetkazib berishiga chiday olmaydi.

Misol uchun, fevral oyi boshida Turkiyaning “Baykar” mudofaa kompaniyasi Kiyev viloyatida TB2 yoki TB3 dronlari ishlab chiqariladigan zavod qurilishini boshlagani ma’lum bo‘ldi. Korxonada 500 ga yaqin kishi ishlaydi.

Rossiya rasmiylari shu paytgacha bu masalada juda ehtiyotkorlik bilan gapirgan. Biroq, SPXIF doirasida Putin tomonidan aytilgan qattiq so‘zlar Moskvaning Anqara siyosatidan g‘azablanganini ko‘rsatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!