2025 yilgi klublar o‘rtasidagi JCh o‘tkazilmasligi mumkin

2025 yilgi klublar o‘rtasidagi JCh o‘tkazilmasligi mumkin

Kelasi yozga rejalashtirilgan klublar o‘rtasidagi JCH-2025 tashkil etilmasligi mumkin, deb xabar berdi "La Gazzetta dello Sport".

Ma’lum qilinishicha, hozir FIFAda klublar o‘rtasidagi mundialni ko‘rsatish uchun televideniye huquqlarini sotib olishga tayyor hech kim yo‘q va buni amalga oshirish uchun vaqt tugayapti. 15 iyun – 13 iyul kunlariga belgilangan klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati o‘smirlar o‘rtasidagi Yevro-2025 (12 iyun – 5 iyul) va KONKAKAF Oltin Kubogi (14 iyun – 7 iyul) kunlariga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, klublar o‘rtasidagi JChni o‘tkazish uchun ikkita jamoa, stadionlar va homiylar yetarli emas.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!