Rossiya va Kambodja harbiy shartnoma imzoladi

Rossiya va Kambodja harbiy shartnoma imzoladi

Kambodja qirolligi armiyasi va Rossiyaning quruqlikdagi qo‘shini o‘zaro hurmat va yordamga asoslangan, ikki mamlakat harbiy hamkorligini mustahkamlashga qaratilgan anglashuv memorandumini imzoladi, deb xabar tarqatdi Kambodjaning “Khmer Times” portali.

Nashr yozishicha, mazkur birinchi harbiy kelishuvni Kambodja tomonidan uch kunlik rasmiy tashrif bilan RFda bo‘lib turgan qirollik Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni o‘rinbosari, Armiya qo‘mondoni Mao Sofan imzolagan.

– Ikki tomon ham oldingi avlod yetakchilaridan meros do‘stona munosabat, ishonch va o‘zaro hurmatdan faxrlanishdi, – deyilgan Kambodja armiyasi bayonotida.

M.Sofan safar dasturiga ko‘ra, Rossiya QK quruqlikdagi qo‘shini bosh qo‘mondoni general Oleg Salyukov bilan uchrashgan.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, Qirollik akademiyasi bosh kotibi Yan Peu Ukrainadagi vaziyatga qaramay, Kambodja va Rossiya o‘rtasidagi harbiy aloqa “kuchli bo‘lib qolaveradi”, degan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!