Rossiya shakarini Qozog‘istonga avtomobilda olib kirish taqiqlanishi mumkin

Rossiya shakarini Qozog‘istonga avtomobilda olib kirish taqiqlanishi mumkin

Qozog‘iston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Rossiya shakarini Qozog‘iston hududiga olib o‘tishni taqiqlash masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda vazir o‘rinbosari Yerbol Tasjurekov ma’lum qildi.

Markaziy kommunikasiyalar xizmatida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida jurnalistlar vazirlik vakiliga mutaxassislarning Rossiya shakarini avtomobillarda mamlakatga olib kirishni taqiqlash to‘g‘risidagi taklifi haqida so‘radi.

“Umuman olganda, mamlakatimizda to‘rtta shakar zavodi mavjud bo‘lib, ulardan birida shakarqamishni qayta ishlash yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqariladi. Biz shakar sanoatini rivojlantirish yo‘nalishida ish olib bormoqdamiz, tegishli kompleks reja qabul qilingan. Ammo hozir Rossiya shakarining narxi bir qator sabablarga ko‘ra mamlakatimizda ishlab chiqarilgan shakardan arzonroq. Shu bois, chetdan keltiriladigan shakar ancha arzon ekanini inobatga olib, mahalliy lavlagi xomashyosidan shakar ishlab chiqaradigan zavodlarimiz xolis va adolatli narx belgilashi uchun bu masalani ko‘rib chiqmoqdamiz”, — dedi Ye. Tasjurekov.

Uning aytishicha, bu masala idoralararo komissiya yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi.

“Hozir biz bu masala bilan shug‘ullanmoqdamiz, shuning uchun tegishli ma’lumotlar tayyorlanib, idoralararo komissiya muhokamasiga taqdim etiladi. Agar mazkur komissiyaning barcha a’zolari bu masalani qo‘llab-quvvatlasa, tegishli qaror qabul qilinadi”, — dedi vazir o‘rinbosari.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!