Rossiya Oliy sudi prezidentlikka nomzod Boris Nadejdinning uchinchi da’vosini rad etdi ​​​​​​​

A A A
Rossiya Oliy sudi prezidentlikka nomzod Boris Nadejdinning uchinchi da’vosini rad etdi ​​​​​​​

Rossiya Oliy sudi Boris Nadejdinning Markaziy saylov komissiyasi (MSK) qarori ustidan bergan shikoyatini qanoatlantirmadi.

Avvalroq, MSK uni Rossiyadagi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun nomzod sifatida ro‘yxatga olishdan bosh tortgan va buni to‘plangan imzolarda nuqson borligi, ularning miqdori 5 foizdan oshib ketgani bilan izohlagan edi. Shundan so‘ng, Nadejdin bu qarorni haqiqiy emas deb topishni so‘rab sudga murojaat qildi.

Nadejdin haqiqiy emas deb topilgan imzolar soni MSK yakuniy bayonnomasi va tekshirish varaqlarida farq qilishini ta’kidladi.

«Bayonnomalar qayta hisoblab chiqilgach, 9102 ta shunday imzo borligi aniqlandi. Ammo yakuniy bayonnomada ularning soni 9209 ta edi. Biz nomuvofiqlikni tushuntirib bera olmaymiz, shu bois qaysi imzolar va qaysi asoslarga ko‘ra haqiqiy emas deb topilganini bir ma’noda ayta olmaymiz. Ishchi guruh va MSK da’volarini to‘liq baholab bo‘lmaydi», deb yozdi Boris Nadejdin ijtimoiy tarmoqda.

Nadejdinning o‘zi sud majlisida ishtirok etmadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!