Rossiya maxsus kuchlari Volgograd viloyatida koloniyadagi garovga olinganlarni ozod qildi

Rossiya maxsus kuchlari Volgograd viloyatida koloniyadagi garovga olinganlarni ozod qildi

Bugun, 23 avgust kuni Volgograd viloyatidagi Surovikino shahridagi 19-sonli koloniya mahkumlari intizomiy komissiya yig‘ilishi vaqtida kaloniya xodimlarni garovga olgan. Rus manbalari gumondorlar O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ekanligi haqida xabar bermoqda.

Rossiya gvardiyasining Volgograd viloyatidagi maxsus bo‘linmasi snayperlari qamoqxona xodimlarini garovga olgan to‘rt nafar mahbusni to‘rtta aniq o‘q bilan zararsizlantirishdi”, — deya xabar bermoqda Ria Novosti Rossiya departamenti manbasiga tayanib.

Ma’lumot uchun, bugun, 23 avgust kuni Volgograd viloyatidagi Surovikino shahridagi 19-sonli koloniya mahkumlari intizomiy komissiya yig‘ilishi vaqtida kalonna xodimlarni garovga oldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida bir kishi halok bo‘lgan.

Jazoni ijro etish federal xizmatining to‘rt nafar xodimi jarohat olib, Surovikino markaziy tuman kasalxonasiga yotqizilgan. Ulardan ikki nafarining ahvoli og‘ir, yana ikki nafarining ahvoli o‘rtacha og‘ir. Jabrlanganlar operasiya qilinmoqda.

Bir qancha Telegram kanallarida ayblanayotgan jinoyatchilar haqida ma’lumotlar e’lon qilindi. Bular 1995 yilda tug‘ilgan Ramzidin Toshev, 1996 yilda tug‘ilgan Nizirchon Toshov, 2001 yilda tug‘ilgan Rustamchon Navro‘ziy va 1995 yilda tug‘ilgan Temur Xusinovlardir. Ular O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari.

Rossiya maxsus kuchlari Volgograd viloyatida koloniyadagi garovga olinganlarni ozod qildi

Sud hujjatlariga ko‘ra, hujum qilgan to‘rt nafar fuqaroning uch nafari (Toshev, Toshov va Navro‘ziy) narkotik moddalar savdosi uchun jazoni o‘tayotgan bo‘lgan. Husinov esa ko‘chadagi mushtlashuv chog‘ida fuqaroni kaltaklab o‘ldirgani uchun qamoqqa tushgan.

Tergov qo‘mitasi tomonidan garovga olish va axloq tuzatish muassasalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!