Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdan 11%gacha pasaytirdi

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani birdan 11%gacha pasaytirdi

Markaziy bank asosiy stavkani uch foiz punktiga tushirib, yillik 11 foizga tushirdi, deyiladi regulyator veb-saytida.

25 may kuni e’lon qilingan Markaziy bank Boshqaruvining navbatdan tashqari yig‘ilishida pasayish yuz berdi. Elvira Nabiullina boshchiligidagi regulyator rahbariyati bunday imkoniyat haqida bir necha bor gapirganligi sababli stavkaning pasayishi kutilgan edi.

«Muddatli rubl depozitlari uchun mablag‘lar oqimi davom etmoqda, kreditlash faolligi esa pastligicha qolmoqda. Bu proinflyasiya xavfini cheklaydi va pul sharoitlarini yumshatishni talab qiladi.

Shuningdek, Rossiya iqtisodiyoti uchun tashqi muhit qiyinligicha qolayotgani, bu esa iqtisodiy faollikni sezilarli darajada cheklashi qayd etilgan: «Moliyaviy barqarorlikka tavakkalchiliklar biroz pasayib, kapital nazoratini yumshatish imkonini berdi», deyiladi hisobotda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!