Rossiya Kamerun terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi

Rossiya Kamerun terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadigan bo‘ldi

Rossiya futbol ittifoqi Rossiya va Kamerun terma jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik o‘yinini rasman e’lon qildi. O‘yin 12 oktyabr, payshanba kuni Moskvadagi "VTB Arena" stadionida bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya futboli bir yarim yildan beri sanksiyalar ostida. Ayni paytda Rossiya terma jamoasi faqat o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazishi mumkin, ularga raqib topish unchalik oson emas.

Rossiya terma jamoasi so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvini sentyabr oyida Qatarga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!