Rossiya harbiy-havo kuchlari Suriyadagi jangarilar markazlariga zarba berdi

Rossiya harbiy-havo kuchlari Suriyadagi jangarilar markazlariga zarba berdi

Rossiya harbiy-havo kuchlari 10 iyun kuni Suriyadagi jangarilar markazlariga seriyali hujum amalga oshirgan. Bu haqda Suriya hukumati xabariga asoslanib, Al-Arabiya nashriga tayanib Daryo nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, hujum asosan Suriyaning Homs va Dayr az-Zor shaharlarida tashkil etilgan. Ushbu shaharlardagi isyonchilar harbiy nuqtalariga ketma-ket 6 ta hujum uyushtirilgan.

Rossiyaning Suriya bo‘yicha yarashtirish markazi hujumni tasdiqlagan. Damashq bilan o‘zaro muloqot almashinuvi asosida belgilangan nuqtalar nishonga olingani xabar qilingan.

Rossiya asosan bosim ostida Suriya sharqidagi Al-Tanf viloyatidan chekingan jangarilar istehkomlarni o‘qqa tutgan. Ularning markaziy hududlarga kirib kelishi oldi olingan.

“So‘nggi 24 soat ichida Rossiya Aerokosmik kuchlari Al-Tanf viloyatidan chiqib ketgan va borish qiyin bo‘lgan hududlarda yashiringan jangarilarning aniqlangan bazalariga oltita zarba berdi”, — deyilgan Rossiya tomoni e’lon qilgan bayonotda.

Ma’lumot o‘rnida, Suriyaning Al-Tanf viloyatida Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy bazasi joylashgan. So‘nggi haftada ushbu bazadan yuborilgan kuchlar qurolli hujum tayyorlashda gumonlangan guruhlarni viloyat hududidan haydab chiqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!