Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQShdan qiymati yuz millionlab yevroga teng sanksiya ostidagi mahsulotlarni import qilgan

Rossiya Yevropa Ittifoqi va AQShdan qiymati yuz millionlab yevroga teng sanksiya ostidagi mahsulotlarni import qilgan

Bu haqda Urushni o‘rganish instituti (ISW) o‘zining kundalik hisobotida xabar beradi.

Rossiya sanksiyalarga qaramay, 2023 yilning yanvar-sentyabr oylari oralig‘ida Yevropadan qiymati deyarli 450 million yevroga teng yuqori texnologiya mahsulotlarini, shu jumladan qurol-yarog‘ texnologiyasini import qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya sanksiyaga kiritilgan tovarlarning chorak qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri Yevropa Ittifoqidan, qolganini esa uchinchi davlatlar: Turkiya, BAA, Serbiya, Xitoy, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Armaniston orqali import qilgan.

Ukrainaning "Frontelligence Insight" tergov tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning dronlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Maxsus texnologiya markazi" hali ham Amerika va Tayvanning texnologiyalarini sotib olishga muvaffaq bo‘lmoqda.

"Xalqaro vositachilar va G‘arb kompaniyalarining Rossiyadagi sobiq vakillari bitimlarni amalga oshirishda yordam berishadi", deb yozadi ISW.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!